Xorijda malaka oshirish davom etmoqda
07.05.2025

Rahbar xodimlar, respublika OTM professor-o‘qituvchilardan iborat malaka oshirish jamoasi LUND universitetida xorijiy malaka oshirishni davom ettirmoqda.
Shvetsiya dunyodagi eng rivojlangan iqtisodiy tizimlardan biriga ega. Lund universiteti dunyodagi eng yaxshi 100 universitet qatoriga kiradi .
- • U Yevropa Tadqiqot Universitetlari Ligasi (LERU) va global Universitas 21 tarmog‘ining a’zosi hisoblanadi.
- • 2025-yilgi reytinglarda universitet barqaror rivojlanish bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallagan. Stokgolm Gyoteborg va Lund kabi shaharlar yetakchi ilmiy markazlar hisoblanadi.
Nobel mukofoti ham aynan Shvetsiyaning Stokgolm shahrida taqdim etilishi barchaga ma’lum. Jamoa bilan Nobel muzeyiga tashrif buyurildi.
Jamoa bilan bugungi kunda xorijiy loyihalar tanloviga topshiradigan loyihalarni qanday tayyorlash va ularga erishish usullari xakida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar eshitildi va natijasida “Master klass” tashkil etildi. Bu jamoada milliy tadqiqot universiteti professori Z. Ismailova xam qatnashmoqda. Shu bilan birga juda taniqli va yangi ilmiy tadqiqotlari bilan mashhur bo‘lgan
MAX IV Laboratory ga xam tashrif buyurildi. MAX IV Laboratory -Shvetsiyaning Lund shahrida joylashgan ilg‘or sinxrotron nurlanishi tadqiqot markazi bo‘lib, u 2016 yilda faoliyat boshlagan va hozirgi kunda dunyodagi eng zamonaviy va kuchli 4-avlod sinxrotron nur manbai hisoblanadi . Shu bilan birga “Nanotexnologiya va materialshunoslik”, “Biologiya va tibbiyot”,Kimyo va katalitik jarayonlar”, Kvant texnologiyalari”, “Barqaror rivojlanish va atrof-muhit” sohali bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Malaka oshirish jarayonidagi olgan bilim, malaka va ko‘nikmalar pedagogik va ilmiy faoliyatda o‘z samarasini beradi albatta.





