Milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhim omili
06.05.2025

2025-yilning 6-may kuni
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan Toshkent shahridagi "Adiblar
xiyoboni" da bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan.
Bu tadbirlar o‘zbek adabiyotining buyuk namoyondalariga
bag‘ishlangan bo‘lib, yosh avlodni milliy qadriyatlar va adabiyotga muhabbat
ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Tadbirda universitetning talaba-yoshlari tomonidan Milliy qadriyatlar
sayli tanlovi, "Zakovat",
“Besh muhim tashabbus” festivali hamda “Bilimlar estafetasi” kabi tadbirlar
tashkil etildi.
Tadbirda adiblarning asarlari
va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati muhokama qilindi. Universitet
talabalari tomonidan adiblarning
asarlari asosida sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
" Adiblar xiyoboni"ga yoshlarni tashrifini
tashkil etishdan asosiy maqsad - ularni milliy adabiyot, madaniyat va
ma’naviyat bilan yaqindan tanishtirish, ajdodlar merosini ulug‘lash, va
ma’naviy tarbiyani kuchaytirishdir.
Shuningdek, "Adiblar xiyoboni" da yoshlar
uchun tashkil etilayotgan tadbirlar shunchaki ekskursiya emas, balki ma’naviy
suhbat, adabiy muloqot va ruhiy ozuqa manbai sifatida xam xizmat qiladi.
Universitet matbuot xizmati









