“Biz bor joyda jinoyat yo‘q – biz bor joylar xavfsiz hudud” shiori ostida

06.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy

Universitetimizning madaniyat saroyida Talabalar festivali doirasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida  “Biz bor joyda jinoyat yo‘q – biz bor joylar xavfsiz hudud” shiori ostida o‘tkaziladigan o‘quv seminar taskil etildi.

          Tadbirni universitetimiz matbuot kotibi, professor Rahimboy Jumaniyozov olib bordi. Unda OTMlarning “Qalqon” jamoatchilik guruhi a‘zolari va boshqa mutasaddilar qatnashishdi.

Boshlovchi dastavval, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Kattaxanova Dilnoza Sobirjonovnaga so’z berdi. U yoshlar ishlari agentligi tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida qisqacha axborot berdi.

So’gra talaba va o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akromov so‘zga chiqdi.

       Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli a’zolarining badiiy chiqishlari bo‘lib turdi.

Keyin esa O‘zMU hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Qalqon” jamoatchilik guruhlarining a’zolari o‘z ishlarini taqdimot qilishdi.

Tadbir yakunida Respublika “Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari Qudratov Anvarmirzo Murodillayevich o‘quv seminarni yakuniga yetkazib, barchaga omadlar tiladi.


UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI