"Kelajakga qadam" — yoshlarga imkoniyat!
06.05.2025

2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qaror ijrosi doirasida ''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti bitiruvchi talabalari ishtirokida Milliy bank Mirzo Ulug‘bek BXM boshqaruvchi o‘rinbosari K.G. Nosirjonov va bank xodimlari bilan “Kelajakga qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda talabalar dastur imkoniyatlari bilan tanishtirildi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda amaliy afzalliklari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida 2 nafar talabaga istiqbolli tashabbuslari uchun 5 mln va 10 mln so‘mgacha mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Ushbu uchrashuv yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni real loyihalar orqali qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
📌 E’LON:
15-may kuni Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchi kurs talabalari bilan navbatdagi uchrashuv rejalashtirilgan!







