Konfliktlarni boshqarish madaniyati mavzusida psixologik suhbat
05.05.2025

2025 yil 2-mayda «Yer resurslari va kadastr» fakultetining talaba qizlari istiqomat qilayotgan 4-sonli talabalar turar joyida "Konfliktlarni boshqarish madaniyati" mavzusida, ya’ni Yoshlar o‘rtasida, ayniqsa qizlar o‘rtasida uchraydigan turli muammoli vaziyatlarning oldini olish, ularni to‘g‘ri hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Universitet psixologi M.Muxammedova tomonidan quyidagi ma’lumotlar berib o‘tildi.
Unda asosiy e’tibor "konfliktlarni boshqarish madaniyati", ya’ni mojaro-larni tinch va oqilona yechish, o‘zaro tinglash, hurmat va sabr-bardoshni shakllantirish masalalariga qaratildi.
Psixolog suhbat davomida turli hayotiy misollar, rol o‘yinlari va amaliyotlar yordamida qizlarning fikrlash va munosabatni boshqarish qobiliyatini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va javoblar olishdi.
Bu kabi tadbirlar yosh avlodning sog‘lom ijtimoiy munosabatlarga ega bo‘lishi, jamiyatda faol va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga xizmat iladi. Ushbu davra suhbatiga “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasining professor-o‘qituvchilari (Valieva A. va Xaitova M.) hamda talaba qizlar qatnashdilar.