Akademik mobillik bo‘yicha stajirovka yakunlandi

05.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 21-apreldan 4-maygacha “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti o‘rtasidagi kelishuv asosida akademik mobillik bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” va "Umumtexnik fanlar" kafedralarida qozog‘istonlik bir guruh magistrlarning ikki haftalik stajirovkasi yakunlandi.

  Magistrlar stajirovkaning tashkil etilgan ishlar va tadbirlardan mamnun bo‘lib, o‘zlari uchun yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishganligini ma’lum qilishdi va hamkorlik juda foydali bo‘lganini bildirdi.

"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova

Universitet matbuot xizmati