Siz qonunni bilasizmi

05.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025 yil 3-mayda “Universitet talaba qizlari o‘rtasida Siz qonunni bilasizmi mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. ("Yer resurslari va kadastr", "Gidrotexnika qurilishi"," Gidromelioratsiya" va "Energetika" fakultetlari).

  «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2022 yildagi PQ-96-son qaroriga binoan chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan edi. 

  Ushbu dasturda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish ta’kidlangan.

  Ushbu tashkil qilingan o‘yinga 4 ta guruhdan iborat talaba qizlar jamoasi bellashdilar.

  O‘yin qoidalariga ko‘ra, birinchi turda barcha jamoalar ishtirok etdilar. Jamoalar ballari to‘g‘ri berilgan javoblarga ko‘ra hisoblab chiqildi. O‘yin ochiq va shaffof bo‘lishi, jamoalarni kuzatib turish maqsadida, betaraf nazoratchilar tanlab olindi. Ishtirokchilarga har savol uchun bir minutdan vaqt ajratib berildi. O‘yin yakunida hamma ballar sanab chiqilib, yuqori ko‘rsatkichga erishgan jamoalar tanlab olindi.

  O‘yin natijalariga ko‘ra “1-guruh “Advokatlar” jamoasi 1-o‘rinni egalladi. 3-4-guruh “Shijoat ” va “Huquq targ‘ibotchilari” jamoasi 2-o‘rinni , 2-guruh “Qalqon” jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.

  O‘yinni tashkillashtirishda yordam bergan barcha professor o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari

Universitet matbuot xizmati