Voyaga yetmagan qizlar bilan davra suhbati
05.05.2025

2025-yil 3-mayda ”Yer resurslari va kadastr" fakultetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova Yashnabod tumanidagi “Qo‘yliqobod” mahallasiga tashrif buyurdi. Mahalla faollari tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan qizlar ishtirokida odob-axloq, milliy qadriyatlar va oilaviy axloq mavzusida tarbiyaviy suhbat o‘tkazildi.
Suhbatda mahalla raisi Z.Amidol, mahalla faoli D.Rixsiyev ishtirok etdi. Tadbir davomida voyaga yetmagan qizlarga odob-axloq qoidalari, yoshga xos muomala madaniyati, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik, o‘qish va bilim olishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, qizlar o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli salbiy holatlarning oldini olish, erta nikohning zararli oqibatlari hamda oilaviy munosabatlarda hurmat va e’tiborning muhimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Universitet matbuot xizmati