Buvijonim kiygan liboslar
05.05.2025

Joriy yilning 2-may kuni "TIQXMM" Milliy tadqiqot universitetining "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Ra’no Kodirova mas’ulligida "Buvijonim kiygan liboslar" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Barchamiz bilamizki, libos – kishining tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, tafakkuri hamda ichki xislatlarini o‘zida namoyon eta olish xususiyatiga egadir. Har bir kishi o‘zi kiygan libosi orqali boshqalar tasavvurida kim va qanday odam ekanligini ko‘rsatib beradi. Bugungi kunda yurtimizda, xususan ta’lim tizimida, OTMlarda kiyinish madaniyatiga bo‘lgan e’tibor talab darajasi sifatida ko‘rilmoqda.
Libos nafaqat insonning tashqi ko‘rinishi bezagi, balki undagi axloq-odob, ma’naviyat va madaniyatning belgisidir. Momo va buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarda o‘zbek xalqining qadimiy va o‘chmas ma’naviyati hamda boy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan.
Tadbir ham ana shu maqsadda tashkil etilib, talaba qizlar, ustozlar ishtirokida sermazmun, a’lo kayfiyatda, qizg‘in, quvnoq o‘tdi.
"Iqtisodiyot" fakulteti Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha kengash raisi Ra’no Kodirova, fakultet ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Xursandbek Ro‘zmetov, fakultet tyutorlari Dilbar Egamova, Gulbaxor Shodiyevalar axboroti
Universitet matbuot xizmati





