Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha dekan uchrashuvi.
05.05.2025

“TIQXMMI” MTU "Energetika" fakulteti dekani Abdusaid Isakov 2025 yil 3-may kuni soat 13:00da 8-ma’ruzalar zalida fakultetning 2-bosqich talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik va turli xil jinoyatchilikning oldini olish mavzusida navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi.
ig‘ilishda 2025 yil 29-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalasiga bag‘ishlangan Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi bilan tanishtirildi.
Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan yoshlarni erta aniqlash, ular bilan alohida suhbatlar o‘tkazish va ularning ta’lim va tarbiyasi bilan ota-onalari bilan birgalikda alohida shug‘ullanish, o‘zi qiziqqan sport va to‘garaklarga jalb qilish haqida gapirib o‘tdi. Fakultet yoshlarini madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar kelishib olindi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, jinoyatlikni oldini olish bo‘yicha faqat huquq tartibot organlari emas, har birimiz mas’ulmiz degan so‘zlari, bu barchani ogohlikka chorlaydi.
“Energetika” fakulteti dekan o‘rinbosari I.Buxorov axboroti
Universitet matbuot xizmati



