“Mangulik mezoni” mavzusida suhbat

03.05.2025

#Ma`naviyat

Joriy yilning 2-may kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi rejasi asosida 3-talabalar turar joyida talaba-qizlar o‘rtasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mangulik mezoni ruknida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi nomli davra suhbati tashkil qilindi. Suhbat davomida “Energetika” fakulteti dekani A.Isakov hamda dekan ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari I.Buxorov tomonidan urushning salbiy oqibatlari jumladan, ikkinchi jahon urushi butun insoniyat qalbida o‘chmas dog‘ bo‘lib qolganligi, urushda xalqimiz tomonidan qilingan mislsiz jasorat haqida so‘z yuritildi.

Fakultet dekani mustaqillik yillarida mamlakatimizda xotin-qizlarga e’tibor sezilarli darajada oshganligi, xususan, respublikamiz xotin-qizlarning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarda faol ishtirok etish imkoniyatlari kengayganligi, mamlakatimiz aholisining yarmidan koʻprogʻini tashkil etayotgan xotin-qizlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmonlari va hukumat qarorlari haqida talaba-qizlarga ma’lumotlar berdi.

Bundan tashqari davra suhbati davomida xalqimizning buyuk tarixida oʻzining jasorati va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan oʻchmas nom qoldirgan Toʻmaris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebiniso, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar Otin va boshqa yuzlab ayollarimiz hurmat va ehtirom bilan tilga olinadi. Zero, ayolning oilada, jamiyatda, xususan, har bir inson hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.

Uchrashuv qiziqarli savol-javoblar va muhokamalarga boy bo‘ldi. Talaba-yoshlar o‘z dunyoqarashini kengaytirib, tarixdan ibrat olish zarurligini yana bir bor his etdilar.

 

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti   

Universitet matbuot xizmati