“Mangulik mezoni” mavzusida suhbat
03.05.2025

Joriy yilning 2-may kuni universitet xotin-qizlar
maslahat kengashi rejasi asosida 3-talabalar turar joyida talaba-qizlar
o‘rtasida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”
munosabati bilan Mangulik
mezoni ruknida “Nomingiz dillarda
mangu yashaydi” nomli davra
suhbati tashkil qilindi.
Suhbat davomida “Energetika” fakulteti dekani A.Isakov hamda dekan
ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari I.Buxorov tomonidan
urushning salbiy oqibatlari jumladan, ikkinchi jahon
urushi butun insoniyat qalbida o‘chmas dog‘ bo‘lib qolganligi, urushda xalqimiz
tomonidan qilingan mislsiz jasorat haqida so‘z yuritildi.
Fakultet dekani mustaqillik yillarida mamlakatimizda
xotin-qizlarga e’tibor sezilarli darajada oshganligi, xususan, respublikamiz
xotin-qizlarning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarda
faol ishtirok etish imkoniyatlari kengayganligi, mamlakatimiz aholisining
yarmidan koʻprogʻini tashkil etayotgan xotin-qizlar manfaatini himoya qilishga
qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmonlari va hukumat
qarorlari haqida talaba-qizlarga ma’lumotlar berdi.
Bundan tashqari davra suhbati davomida xalqimizning
buyuk tarixida oʻzining jasorati va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati
bilan oʻchmas nom qoldirgan Toʻmaris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebiniso,
Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar Otin va boshqa yuzlab ayollarimiz hurmat va ehtirom
bilan tilga olinadi. Zero, ayolning oilada, jamiyatda, xususan, har bir inson
hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.
Uchrashuv qiziqarli savol-javoblar va muhokamalarga
boy bo‘ldi. Talaba-yoshlar o‘z dunyoqarashini kengaytirib, tarixdan ibrat olish
zarurligini yana bir bor his etdilar.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati