“Toshkent GESlar kaskadi” filialida amaliy darslar
03.05.2025

Jamiyatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni
tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining
ishtirokini kengaytirish, jumladan gidroenergetika sohasini rivojlantirishda
ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyalashuvi bo‘yicha
islohotlarni izchil amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi.
Shu maqsadda “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi va “Toshkent GESlar kaskadi” filiali o‘rtasida gidroenergetika sohasini
rivojlantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini
ta’minlash hamda
“Dual ta’lim”ni
rivojlnatirish maqsadida imzolangan
shartnomaga muafiq “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari” ta’lim yo‘nalishi
3-kurs talabalari “Bo‘zsuv” GESi,
“Bo‘rjar” GESi, “Shayxantoxur” GESi, “Oqtepa” GESlarida amaliy darslar tashkil
qilindi.
Darslarni fakultet dekani L.Q.Babajanov, kafedra
mudiri D.R.Bazarov, xamda kafedra professor-o‘qituvchilari olib bordi. Mamlakatimizning
energetika mustaqilligini kuchaytirish, mavjud gidroelektrostansiyalardan
samarali va xavfsiz foydalanish, samarali yangi elektr energiyasi ishlab
chiqarish tashkilotlarini yaratish orqali O‘zbekistonda yagona gidroenergetika
sohasini yaratish yo‘lida ulkan ishlarni amalga
oshiralayotganligi takidlandi.
“Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi axboroti





