Milliylikni targ‘ib qilish

03.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 2-may kuni “Energetika” va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetlari talaba-qizlari o‘rtasida “Milliy liboslar kuni” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni yanada targ‘ib qilish, an’analarimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarimizning kundalik hayotimizda tutgan o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan. Talaba-qizlarning atlas va adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslari nafaqat estetik go‘zallik balki, xalqimizning boy madaniy merosini ifoda etib, universitet muhitiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

  Ushbu davra suhbatida talaba-qizlar ustozlari bilan birgalikda o‘zbek milliy liboslarida faxr bilan ishtirok etishib, bu bilan milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini bildirishdi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati