Universitet tashrifi - “ochiq eshiklar” kuni
03.05.2025

2025-yil 3-may kuni TIQXMMI MTUga biriktirilgan Yangiyo‘l tuman 3-sonli politexnikumida O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158 sonli farmonining ijrosi hamda bitiruvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “Gidromelioratsiya” fakulteti “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D. Muqumova, universitet “Talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i X. Xaitov hamda kafedraning faol xodimlari dotsent F.Sadikova, tayanch doktorant N.Imomovalar ishtirok etishdi.
Tadbirda Yangiyo‘l tumanidagi umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hamda politexnikum bitiruvchilari ishtirok etdilar. Tashrif “Ochiq eshiklar” kuni munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, bitiruvchilar va o‘qituvchilar universitet faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu bilan bir qatorda bitiruvchi yoshlarga Oliy ta’limga o‘qishga kirishga yo‘naltirish maqsadida universitet tomonidan tayyorlangan ta’lim yo‘nalishlari va universitetda yaratilgan imkoniyatlar yoritilgan bukletlar, flayerlar tarqatildi. Bu kabi amaliy tadbirlar yoshlarga kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, ularni o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishga undashda muhim o‘rin tutadi.
Tashrif ikki tomon uchun foydali va samarali bo‘lib, universitet faollari kelajakdagi hamkorlik uchun yangi g‘oyalarni ishlab chiqishda hamkorlik ishlarni davom ettirishni maqsad qildilar. Politexnikum direktori, faollari esa universitet bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini yanada rivojlantirish va bitiruvchi yoshlarga to‘g‘ri tanlov qilish uchun yangi g‘oyalarga ega bo‘lishdi.
“Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti
Universitet matbuot xizmati





