Turizmning tantanali tarovati
02.05.2025

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xiva shahrida “Arda Xiva” xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimidagi nutqini oʻqib)
Milliy
meros va zamonaviy rivoj uygʻunligi katta imkoniyat. Bu fikrni turizm
sohasining ravnaqida ham yaqqol koʻrish mumkin.
Joriy
yilning 1 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Xorazm viloyatiga, xususan, tarixiy Xiva shahriga tashrifi mamlakatimizda
turizm, madaniyat va iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichga
koʻtarilayotganidan dalolat beradi.
Qadimiy
Xiva — yurtimiz tarixi, maʼnaviyati va sivilizatsiyasi timsolidir.
Prezidentning ushbu shaharga amaliy tashrifi nafaqat mahalliy aholi uchun,
balki butun mamlakatimiz turistik salohiyatini rivojlantirishga bagʻishlangan
muhim siyosiy va maʼnaviy voqea boʻldi,
desak, oʻrinli boʻladi.
Prezidentimiz
Xorazm dunyo sivilizatsiyasi va madaniyatiga bebaho hissa qoʻshgan Sharq
gavhari ekanini, bu koʻhna yurt jahonga dongʻi ketgan ne-ne olimu fozillar,
sarkarda va sultonlar, aziz avliyolar, betakror shoir va hofizlar vatani
ekanini “Arda Xiva” xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimidagi
nutqida alohida mehr bilan eʼtirof etdi. Jahon olimlarining: “Ulugʻ novator
Beruniy fanning bir qator hal qiluvchi yoʻnalishlarida oʻz davridan 500 yillab,
hatto undan ham koʻproq ilgarilab ketgan”, degan eʼtiroflari bu zaminning buyuk
salohiyatidan dalolat beradi, - dedi
Prezident. Xorazmning havas qilsa
arziydigan yana bir bebaho boyligi bor. Bu – uning muhtasham tarixiy
obidalaridir. Ochiq osmon ostidagi shahar-muzey – “Ichan qalʼa” majmuasi
umumbashariyat xazinasi sifatida YUNESKO roʻyxatiga kiritilgani ham fikrimizni
tasdiqlaydi.
Prezident
tashrifi Xiva shahrining turizmdagi oʻrnini yanada yorqinlashtirdi. Ichan-Qalʼa
devorlari bagʻrida qadimiy arxitektura va zamonaviy servis xizmatlari
uygʻunlashib, “turizmning tantanali tarovati”ni yuzaga chiqardi. Xiva nafaqat
tarixiy yodgorlik, balki jahon sayyohlari uchun madaniyat, hunarmandchilik va mehmondoʻstlik
maskaniga aylanmoqda. Xususan, Xivadagi yangi mehmonxona loyihalari, elektron
gid xizmatlari, QR-kodli maʼlumot stendlari va sayyohlar uchun qulay
infratuzilma yaratilishi toʻgʻrisidagi rejalar shu kunlarda amalga
oshirilmoqda. Turizm iqtisodiyoti orqali hudud rivojiga hissa qoʻshish — davlat
siyosati darajasiga koʻtarildi.
Viloyatda
260 dan ziyod madaniy meros obyekti mavjud. Va ularning tarixi bir necha
asrlarga borib taqaladi. Hech shubhasiz, ular oʻzining noyob va goʻzal meʼmoriy
qiyofasi bilan nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning jahon
ravnaqidagi betakror oʻrnini belgilab beradigan tirik tarixdir.
Davlatimiz
rahbari jumladan, quyidagilarni eʼtirof etdi. Boshlagan islohotlarimiz
doirasida tinchlik va doʻstlik jabhasi boʻlmish turizmni rivojlantirishga
alohida strategik yoʻnalish sifatida eʼtibor qaratib kelayotganimiz albatta
bejiz emas. Chunki, turizm – bu faqat sayru sayohat, mazmunli dam olishgina emas. U
avvalo ellarni ellarga, dillarni dillarga bogʻlaydigan, mehnatkash va
bagʻrikeng xalqimizning boy madaniyati va tarixiy merosini, uning ochiq qalbini
dunyoga namoyon qiladigan koʻzgudir. Biz
tarixiy yodgorliklar, madaniy meros obyektlarini asrab-avaylab, ularni global
turizm tarmogʻiga faol jalb etish borasida keng qamrovli islohotlarni amalga
oshirmoqdamiz
Shu
bilan birga, milliy meʼmorchilik yechimlarini qoʻllagan holda, bir vaqtning
oʻzida tarix va zamonaviylikni mujassam etgan yirik turistik majmualarni
koʻpaytirishga alohida urgʻu beryapmiz.
Qisqa
fursatda bunyod etilgan ushbu muhtasham xalqaro turistik maskanda 17 ta
mehmonxona va mehmon uylari, 9 ta restoran, har biri kuniga 2 ming sayyohga
xizmat qiladigan ochiq va yopiq akvaparklar, 3 ming oʻrinli amfiteatr, 5 ta
kino va konsert zali, koʻrgazmalar pavilyoni, 70 ta doʻkon, 300 ta savdo
rastasi, 11 ta hunarmandlar uyi, Sharq bozori va zargarlik markazi, favvoralar,
sayr uchun 4 kilometrli sohil boʻyi yoʻlagi ishga tushmoqda.
Bularning
barchasi zamirida mehnat va tadbirkorlik yotibdi. Ishonchim komilki, dedi Prezident, “Arda Xiva” Xorazmdagi turizm
rivojida yangi sahifa ochadi, viloyatning ikkinchi “tashrif qogʻozi”ga
aylanadi, deb taʼkidladi.
Xorazmning
hali ishga solinmagan turistik salohiyati yuzasidan Xiva tumanidagi 2 ming 400
gektar yerni Xiva shahriga oʻtkazilishi, “Sahro yulduzi” turistik kompleksi
bunyod etilishi, mehmonxonalar, koʻngilochar markazlar, gastronomik va savdo
koʻchalari, muzeylar, ekouylar, yozgi lager, ekstremal turizm obyektlari barpo
etilishi haqidagi xabar hammani toʻlqinlantirib yubordi. adi.
Shuningdek,
Tuproqqalʼada choʻl hududidagi 5 ming gektar yerda safari va ov turizmi
rivojlantiriladi. Urganch shahri, Shovot, Qoʻshkoʻpir, Xiva va Hazoraspdan oqib
oʻtadigan Gʻazovot, Polvon, Shovot kanallari boʻylarida 50 million dollarlik 80
ta xizmat koʻrsatish, savdo-koʻngilochar obyektlari ishga tushirilishi, Bogʻot, Gurlan, Yangibozor va Urganch
tumanida turizm qishloqlari tashkil etilishi ham taʼkidlandi.
Kuni
kecha Urganch shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi yangi universitet va IT
maktabini tashkil etish boʻyicha Prezidentning alohida qarorni imzolagani
eʼtiborga molik.
Amudaryoning
ikki sohilida joylashgan Xorazm va Qoraqalpogʻiston elini Xudoi taoloning oʻzi
taqdirdosh qilib yaratgan, ikki qoʻshni hududning tarixi, madaniyati va
urf-odatlarini bir-biridan alohida tasavvur qilib boʻlmaydi, - dedi Prezident.
“Xorazm – Qoraqalpogʻiston” turizm halqasi
loyihasi ishlab chiqilishi, Xivadan 80 kilometr masofada Ellikqalʼa tumani
joylashgan boʻlib, bu yerda turistlar uchun jozibador boʻlgan “Ayozqalʼa” va
“Tuproqqalʼa” yodgorliklari borligi hameʼtiborgamolik. Shuningdek, tumandagi
“Axchakoʻl”da plyaj turizmini rivojlantirish uchun barcha infratuzilma mavjud.
Yoki Beruniy tumanidagi “Sulton Uvays” qadamjosi ziyorat turizmi uchun nodir
maskanlardan biri hisoblanadi. Ushbu hududlarni oʻzaro bogʻlaydigan yoʻl,
yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha katta dastur boshlaymiz.
Bundan tashqari, “Urganch – Gurlan – Mangʻit” avtomobil yoʻli toʻliq
rekonstruksiya qilinadi.
Prezident
nutqidagi ushbu mulohazalar har birimizni hayajonlantirmasdan qolmaydi.
“Xorazmga bir marta kelgan odam unga umrbod maftun boʻlib qoladi. Ishonchim
komil, siz, azizlar ham bu goʻzal va betakror yurtdan olam-olam unutilmas
taassurotlar bilan qaytasizlar.Shu bilan birga, mamlakatimizning har bir hududi
oʻziga xos suluv tabiati, boy madaniyati, urf-odati, tarixiy obidalari va
bir-biridan lazzatli taomlari, nozu neʼmatlari bilan ajralib turadi.”
Prezident
xalq bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Mahalla
faollari bilan uchrashib, joylardagi muammolar, ehtiyoj va takliflarni
tingladi. Bu safarning yana bir muhim jihati — xalq bilan doimiy muloqotni
yoʻlga qoʻyish va hududlarda “ishonch va taraqqiyot muhiti”ni qaror toptirishga
boʻlgan intilishdir.
Prezidentning
Xorazmga tashrifi tarix va kelajak, qadriyat va rivoj, xalq va davlatning
bagʻrikeng uygʻunligi ifodasi boʻldi. Xiva singari shaharlar orqali Oʻzbekiston
nafaqat oʻtmishga tayanadi, balki yangi taraqqiyot bosqichlariga ishonch bilan
qadam qoʻyadi. Bu taraqqiyotning mustahkam asosi — xalqning roziligi, madaniyatning
chiroyi va turizmning tantanali tarovatidir.
RAHIMBOY
JUMANIYOZOV
Professor,
Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari aʼzosi