"TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti vakillari “International House Tashkent” akademik litseyida bo‘ldi

01.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 30-aprel kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining faol talabalari – Students’ Union prezidenti va Yoshlar ittifoqi yetakchisi Safarova Farzona, Students’ Union Ichki ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti Melnikova Alina boshchiligidagi vakillar guruhi “International House Tashkent” akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

  Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – abituriyentlarni "TIQXMMI "MTUdagi ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy va akademik imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

  Uchrashuv davomida universitet vakillari tomonidan qabul jarayonlari, xalqaro dasturlar va talabalar uchun yaratilgan qo‘llab-quvvatlash tizimi haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘z shaxsiy tajribalari, o‘qish va talabalar hayoti haqida real faktlar bilan bo‘lishdi. 

  Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha va samimiy javoblar qaytarildi. Litsey o‘quvchilari "TIQXMMI "MTUda ta’lim olish imkoniyatlariga katta qiziqish bildirgan holda, kelajakdagi kasb tanlovida bu kabi uchrashuvlarning muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi.