Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash
16.04.2025

Suv resurslari yo‘qotilishining oldini olish hamda irrigatsiya tarmoqlarini yaxshilash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda yuqori kurs talabalari 2024/2025 o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq amaliyot tashkil etildi. Unda Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida), Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari, Suv xo‘jaligi va melioratsiya va Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish ta’lim yo‘nalishlarining talabalari ishtirok etishdi.
Talabalar “Toshkentsuvqurilishinvest” davlat muassasasi hamda “Shirin” xususiy korxonasi xodimlari bilan birgalikda “Qirsadaq” kanalining 4,2 km uzunlikdagi qismi zamonaviy texnologiyalar asosida betonlanlashtirish ishlarida qatnashishdi.
Talabalar amaliyoti bo‘limi