"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida Yevropaning Xalqaro Universitetlar Konsorsiumi Kansleri hamda Parij Nanter Universitetining vitse-prezidenti Jorge Cardoso bo‘ldilar.

16.04.2025

#Rektordan #Yangilik

 Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy hamkorlik, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, innovatsion ta’lim loyihalari, UNESCO doirasidagi tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Dr. Jorge Cardoso universitetimiz faoliyatiga yuqori baho berib, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining global ta’lim va tadqiqot maydonidagi rolini alohida e’tirof etdi.

  Uchrashuvda Fransiya va Yevropa Ittifoqi nufuzli universitetlari tomonidan tashkil etilgan "Xalqaro Konsorsium" ga "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetini a’zo bo‘lishi kelishuviga erishildi. Ushbu konsorsium talabalarga, magistrant va doktorantlarga Yevropa Ittifoqning nufuzli TOP universitetlarida qisqa muddatli akademik mobillik, stajirovka va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy rahbarlikni  Xalqaro Konsorsiumga a’zo bo‘lgan nufuzli universitetlaridan tanlash imkoniyati yaratiladi.