Talabalik davrim oltinga teng davrim
16.04.2025

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova hamda A.Shonazarov ularga biriktirilgan 1-bosqich davlatimiz va Turkmaniston fuqarosi bo‘lgan talabalari bilan birgalikda talabalik onlarini maroqli va mazmunli qilib o‘tkazish, bir-biriga bo‘lgan mehr oqibatini yanada oshirish ularga talabalik oltin davri ekanligini yanada ko‘proq his qildirish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Chinorkent” dam olish maskaniga tashrif buyurdilar. Talaba yoshlarning tog‘li maskandagi o‘tgan kuni ajoyib xotiralarga boy bo‘ldi. Turkmaniston fuqarosi bo‘lgan talabalarimiz ham turizm rivojlangan hududlarimizni chiroyli ekanligidan zavqlanib talaba yoshlar tashkilotchiligi uchun ustoziga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi kelgusi yillardagi o‘qish davri mobaynida dam olish maskanlariga ko‘p bora borish rejalashtirildi. Barcha talabalar xursandchilik va o‘yin-kulgi bilan uylariga qaytishdi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova hamda A.Shonazarov axboroti
Universitet matbuot xizmati



