Technical University of Košice universitetining “Occupational Safety and Health” kafedrasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
16.04.2025

2025-yil 14-aprel kuni "Hayot faoliyati xavfsizligi" tayanch doktoranti Zokirova Nozimaxon Sobirovna Slovakiya Respublikasining Technical University of Košice (TUKE), “Occupational Safety and Health” kafedrasida rasmiy tashrif amalga oshirdi.
Uchrashuv davomida kafedra mudiri Stefan Markulik va professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlik, PhD tadqiqotchilarining malaka oshirish imkoniyatlari, hamda kasbiy xavfsizlik bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘rtasida mavjud ilmiy yo‘nalishlar asosida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilmiy maqolalar tayyorlash, va qo‘shma loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tashrif, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida do‘stona va akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Mazkur uchrashuv kasbiy salomatlik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.





