Talabamiz TED Talk sahnasida

16.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Faxr bilan shunday yangilikni baham ko‘rmoqchimiz: Ishonxodjayeva Shirinxon talabamiz, "Ekologiya va huquq" fakulteti, Huquqshunoslik yo‘nalishi 1- bosqich talabasi, nufuzli TED Talk tadbirida ishtirok etib, ”Applying creativity in every day life” mavzusida ilhomlantiruvchi chiqish qildi. Uning nutqi tinglovchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘lib, muammoning muhim jihatlariga e’tibor qaratishga muvaffaq bo‘ldi.

  Ushbu yutuqda uning ustoz va ilmiy rahbari — "Ingliz tili" kafedrasi o‘qituvchisi Madaliyeva Dilafruzning hissasi katta. Uning professional yondashuvi, doimiy qo‘llab-quvvatlashi va sabr-toqati tufayli Shirinxon chiqishini puxta tayyorlab, o‘z g‘oyasini ravon va ishonchli tarzda taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu tadbir ISFT institutida bo‘lib o‘tdi!

  Talaba va ustoz o‘rtasidagi hamkorlik ilm va ijodga bo‘lgan mehr-muhabbat, sa’y-harakat va o‘zaro ishonch namunasi bo‘ldi. Ularni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada katta zafarlar tilaymiz!

"Ingliz tili" kafedrasi o‘qituvchisi D.Madaligeva axboroti

Universitet matbuot xizmati