Ekologik muammolar va yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish

16.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  15-aprel – Ekologik bilimlar kuni munosabati bilan “Ekologiya va huquq” fakulteti hamda “Yashil yurak” jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir yuqori darajada qiziqarli va ma’lumotlarga boy tarzda o‘tkazildi. Tadbirning mazmunan boy va samarali o‘tganining asosiy sababi — hozirgi davrda aholining ekologik bilimlarga bo‘lgan ehtiyoji yuqoriligi hamda bu boradagi bilimlarning yetarli emasligidadir. Tadbir davomida talabalar tomonidan ekologik huquq, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik transport va umumiy ekologik savodxonlikni oshirish kabi mavzularda tayyorlangan chiqishlar yig‘ilgan mehmonlar va ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu uchrashuvning bosh maqsadi – ekologik tashkilotlar hamda ekofaollar bilan hamkorlikda aholining ekologik bilim va madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir yakunida esa savol-javoblar va takliflar asosida faol va jonli munozaralar tashkil etildi. Shunday mazmundagi tadbirlarni muntazam tashkil etib borish universitetda ekologik madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📅 Tafsilotlar va yangiliklar uchun:

🌍 t.me/yashil_yurak_jamiyati_UZ 

📧 Bog‘lanish: @ZulfiyaKannazarova

"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova

Universitet matbuot xizmati