Nazariy bilimlarni amaliyot orqali mustahkamlash
15.04.2025

TIQXMMI-milliy tadqiqot universiteti rektorining 2025-yil 12-apreldagi 405/t buyrug‘iga ko‘ra, Professional ta’lim yo‘nalishi 214-215 guruh talabalariga Injenerlik geodeziyasi fanidan o‘quv amaliyoti boshlandi. Amaliyot 2025 yil 14-apreldan 13-maygacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu masala yuzasidan talabalar bilan Yer resurslari va kadastr fakultetining 307-xonasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Buyruqda amaliyot rahbari etib belgilangan Geodeziya va geoinformatika kafedrasi dotsenti O.Ro‘ziqulova va assistent o‘qituvchi A.Valiyeva belgilangan.
Yig‘ilishda Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasidan dotsent Nurmat Rajabov, murabbiy Maftuna Turg‘unova va kafedra o‘qituvchilari qatnashdilar. Amaliyotdan maqsad, darslarda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iborat. Yig‘ilishda Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasidan dotsent Nurmat Rajabov talabalarga amaliyotni o‘tkazish jarayonida geodezik asboblar bilan ishlashda, avtomobil yo‘llarida harakatlanishda, quyoshda yurishda va elektr jihozlari bilan quvvatlash jarayonida ishlashda texnika xavfsizligiga amal qilish haqida ko‘rsatmalar berdi.
Ma’lumotlar geodeziya va geoinformatika kafedrasi dotsenti O.Ro‘ziqulova va universitet matbuot kotibi tomonidan tayyorlandi.



