Samarqandga sayohat

15.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Nasos stansiyalar va gidroelektrostansiylar” kafedrasi о‘qituvchisi Shodiyev Bobur boshchiligida “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 301-guruh va 308-guruh talabalari tarixiy va madaniy bilimlarni oshirish maqsadida O‘zbekistonning eng qadimiy shahri bo‘lmish Samarqand bo‘ylab sayohat qildilar. Shaharning tarixiy va betakror obidalari “Amir Temur maqbarasi”, Registon maydonida joylashgan “Ulug‘bek madrasasi, “Sherdor madrasasi” va “Tillakori madrasasi”, “Bibixonim jome masjidi” “Shohi Zinda” xonaqohi bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildilar.

“Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati