QUTLOV MAROSIMI
11.04.2025

Bugun universitetimizning ilmiy kengashlar zalida
Akademik Shukrullo Ubaydullayevich Yo’ldoshevning 90 yoshlik yubileyi
munosabati bilan qutlov tadbiri bo’lib o’tdi. Akademik Shukrullo Yo’ldoshev
ilmiy faolyati davomida 767 ta shular jumlasidan, xorijiy nashrlarda 4 tasi
darslik sifatida chop etilgan. 11 ta monografiyalar (mashinalar
konstruksiyasini takomillashtirish, ishonchlilik ko’rsatkichlarini yaxshilash,
texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, saqlash va diagnostikaga moslashuvchanligini
oshirish yo’nalishida) 21 ta ilmiy anjumanlar to’plamida muharrir 32 ta fan
nomzodi va fan doktorlari tayyorlagan. 65 yil
davomida ko’plab injener, bakalavr va magistrlar tayyorlashga munosib
hissasini qo’shgan.
Tadbir avvalida tariklash uchun universitet rektori Baxodir
Suyunovich Mirzayev so’zga chiqdilar. Yubilyarning hayoti va pedagogik
faoliyati haqida so’z ochib jamoamiz nomidan samimiy qutladi va ko’krak nishoni
va bir qator mukofotlarni taqdim etdilar. Keyin esa turli vazirlik va nufuzli muassasalardan
kelgan rahbarlar o’z dil izhorlarini bildirib, esdalik sovg’alarini in’om
etdilar.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi
vaziri maslahatchisi Eshmirza O’rolovich, O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy
faolyatini qo’llab - quvvatlash “
Nuroniy” jamg’armasi Boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari Shuhrat
G’iyosovich, Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.N. Oblomurodov
Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori
R.R.Xudayquliev, “Science and Innovation” kompanyasi direktori B.N. Rustamov va
boshqa mutasaddi rahbarlar samimiy qutlovlarini izhor qilishdi.
Tadbirdan so’ng ustozning yubileyi sharafiga universitet oshxonasida
osh tortildi.
UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI

























