QUTLOV MAROSIMI

11.04.2025

#Ma`naviyat #Yangilik

Bugun universitetimizning ilmiy kengashlar zalida Akademik Shukrullo Ubaydullayevich Yo’ldoshevning 90 yoshlik yubileyi munosabati bilan qutlov tadbiri bo’lib o’tdi. Akademik Shukrullo Yo’ldoshev ilmiy faolyati davomida 767 ta shular jumlasidan, xorijiy nashrlarda 4 tasi darslik sifatida chop etilgan. 11 ta monografiyalar (mashinalar konstruksiyasini takomillashtirish, ishonchlilik ko’rsatkichlarini yaxshilash, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, saqlash va diagnostikaga moslashuvchanligini oshirish yo’nalishida) 21 ta ilmiy anjumanlar to’plamida muharrir 32 ta fan nomzodi va fan doktorlari tayyorlagan. 65 yil  davomida ko’plab injener, bakalavr va magistrlar tayyorlashga munosib hissasini qo’shgan.

Tadbir avvalida tariklash uchun universitet rektori Baxodir Suyunovich Mirzayev so’zga chiqdilar. Yubilyarning hayoti va pedagogik faoliyati haqida so’z ochib jamoamiz nomidan samimiy qutladi va ko’krak nishoni va bir qator mukofotlarni taqdim etdilar. Keyin esa turli vazirlik va nufuzli muassasalardan kelgan rahbarlar o’z dil izhorlarini bildirib, esdalik sovg’alarini in’om etdilar.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza O’rolovich, O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faolyatini qo’llab - quvvatlash  “ Nuroniy” jamg’armasi Boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari Shuhrat G’iyosovich, Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.N. Oblomurodov

Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori R.R.Xudayquliev, “Science and Innovation” kompanyasi direktori B.N. Rustamov va boshqa mutasaddi rahbarlar samimiy qutlovlarini izhor qilishdi.

          Tadbirdan so’ng  ustozning yubileyi sharafiga universitet oshxonasida osh tortildi.

 

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI