Xitoydagi Xidian universitetida talabalar amaliyot o‘tamoqda
11.04.2025

Universitetimiz hamda Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Xidian universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida talaba almashinuvi dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Mazkur dastur asosida Yer resurslari va kadastr fakultetining 5 nafar magistranti hamda 1 nafar tayanch doktoranti 2025-yil bahor semestrida Xitoyda amaliy tajriba orttirishmoqda. Ular Xidian universitetining zamonaviy laboratoriyalari, ilmiy markazlari va xalqaro o‘quv dasturlarida faol ishtirok etib, o‘z sohalari bo‘yicha chuqur bilim va malakaga ega bo‘lishmoqda. Ushbu tashabbus ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-akademik aloqalarni yanada mustahkamlash, yosh mutaxassislarning xalqaro tajriba orttirishini ta’minlash, shuningdek, innovatsion yondashuvlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalar almashinuvi dasturi doirasida amaliyot o‘tayotgan magistrant va doktorantlarimiz Xitoydagi ilmiy muhit bilan yaqindan tanishib, o‘z bilimlarini xalqaro maydonda sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.







