Milliy Erasmus+ dasturi doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida hamkorlik va modernizatsiya masalalari muhokama qilindi

11.04.2025

#Xalqaro hamkorlik

2025-yil 11-aprel kuni Milliy Erasmus+ ofisi tomonidan onlayn shaklda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi hamkorlik imkoniyatlari, ta’lim islohotlari va xalqaro loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilindi.

Tadbir O‘zbekiston Milliy Erasmus+ ofisi vakili Bonu Abdusalomovaning kirish so‘zi bilan boshlandi. U Erasmus+ dasturi imkoniyatlari, hamkorlik loyihalari va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Shuningdek, Milliy Erasmus+ ofisi koordinatori Aziza Abdurakhmanova tomonidan ham dastur doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatlar, mavjud ustuvor yo‘nalishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida turli mavzularda taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Iqboljon Bozarov “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Green Deal for Central Asian Universities” (GDCAU) loyihasi menejeri — loyiha haqida batafsil ma’lumot berib, ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

Milliy Erasmus+ ofisi vakili, universitetimizdan Ilxom Abdurahmonov ham tadbirda faol ishtirok etdi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.