Milliy libos

11.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 2025-yil 11 aprel haftaning juma kuni talabalar va professor–o‘qituvchilarimiz milliy kiyimda universitetga tashrif buyuradilar.

  Xuddi shunday bugun ham “Yer resurslari va kadastr” fakultetining talabalari va professor-o‘qituvchilari milliy kiyimda tashrif buyurdilar.

  Milliy liboslar (atlas, adras va beqasam) — xalqning madaniyati, tarixiy ijodiy qobiliyatlari va estetik jihatlari bilan chambarchas bog‘liq. Ularning har biri o‘zining ko‘rinishi, matolari, ranglari va shakllari bilan xalqning milliy xarakteri, yashash tarzi va ruhini namoyon etadi. Talabalarimiz milliy liboslarni juda ham ko‘tarinki ruhda namoyish etdilar.

  Milliy liboslarimiz xalqni o‘z qadriyatlariga va madaniyatiga bo‘lgan hurmatini namoyon etadi.

  Milliy liboslar, ya’ni atlas, adras va beqasamlar- millatimizning shodligi, samaradorligi va ijtimoiy birligi uchun muhim ahamiyatga ega. 

YRK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati