Tanlov g‘oliblari aniqlandi
11.04.2025
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik

Joriy yilning 7-10 aprel kunlari 22-aprel – “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan universitet talabalari o‘rtasida “Bizning sayyoramiz, bizning kuchimiz” shiori ostida turli mavzulardagi tanlovlar tashkil etildi. Ushbu tanlovda “GeoSience” ilmiy maqolalar, “GeoMovie” videoroliklar, “GeoPicasso” rasmlar va “GeoMarafon” geodezik asboblarda yer o‘lchash kabi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda quyidagi universitet talabalar faxrli o‘rinlarni egallashdi.







