Hamkorlikdagi tajriba maydoni

11.04.2025

#Xalqaro hamkorlik

  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va Xitoyning Shixeszi universiteti bilan “Bir kamar – bir yo‘l” dasturi doirasida “Intelligent Agricultural Equipment” qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha jadal ishlarni amalga oshirishyapti. Qo‘shma laboratoriyada paxtani yetishtirish, sug‘orish, yig‘ishtirib olish va qayta ishlash jarayonlariga intellektual va raqamli texnika va texnologiyalarni joriy etish, ularni namoyish etish, tadqiqotlar olib borib, yangilab borish hamda ishlab chiqarish, ta’lim va tadqiqot sohalarining integratsiyasini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bugun 10-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi va Xitoyning Shixeszi universiteti vakillari Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga tashrif buyurishib, ushbu qo‘shma laboratoriyaning intellektual va raqamli texnika va texnologiyalarni namoyish etish, ularni tadqiq etish va amaliy o‘rganish ishlari olib boriladigan demonstratsiya maydoni bilan tanishishdi.

“Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati