Xalqaro olimpiada
11.04.2025

2025 yil 8-10-aprel kunlari Belarussiya davlat agrar texnik universitetida “Progress” Sanoatchilar uyushmasi ta’sischi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi bilimlari bo‘yicha xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasidan 9 ta, Belarus Respublikasidan 3 ta va O‘zbekiston Respublikasidan 1 ta jami 13 ta jamoa ishtirok etishdi.
Ushbu olimpiadada “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetidan 4-kurs talabalari Bojedomov Vyacheslav Vladimirovich va Faxriyev Timur Ilgizovichlar dotsent Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich rahbarligida ishtirok etib umumjamoa hisobida faxrli 3- o‘rinni egallashdi. Ushbu talabalarni kelgusi ishlariga omad tilaymiz.
“Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti A.Borotov axboroti
Universitet matbuot xizmati





