Sohibqiron shuhrati

11.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Joriy yilning 9-aprel kuni “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori G. Shodiyeva boshchiligida 1-kurs faol talabalari bilan 9-aprel “Sohibqiron Amir Temur” tavalludining 689-yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

  Talabalar buyuk ajdodlarimiz tarixini chuqurroq o‘rganish, ularning boy madaniy va ilmiy merosini anglash maqsadida ushbu maskanga tashrif buyurdilar.

  Muzeyga kirishimiz bilan rang-barang eksponatlar, qadimiy buyumlar va tarixiy hujjatlar moziydan so‘zlay boshladi.

  Har bir eksponat, har bitta rasm, har bir yozuv Amir Temurning buyukligi, uning harbiy strategiyasi, diplomatiyasi, madaniyat va ilm-fanlarga bo‘lgan munosabati haqida hikoya qilib turardi.

  Muzey xodimlari tomonidan berilgan qiziqarli ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular Amir Temurning hayoti haqida yanada chuqurroq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

  Mazkur muzeyda Amir Temurning shaxsiy buyumlari, harbiy jihozlar, qo‘lyozmalari, shuningdek, uning hukmronligi davrida yaratilgan san’at asarlari ham joy olgan.

  Bunday tashriflar talabalarning tarixiy bilimlarini yuksaltirish, Amir Temur haqidagi bilimlarini boyitish va buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytirishga xizmat qiladi.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati