Buyuklar hamisha barhayot
10.04.2025

Joriy yilning 10-aprel sanasida «TIQXMMI» MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalarini bo‘sh vaqtinini mazmunli o‘tkazish, yoshlarimizning tarix haqidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, “Sohibqiron Amir Temur” tavalludining 689-yilligi munosabati bilan Toshkent davlat "Temuriylar muzeyi" ga tashrif buyurishdi.
Talabalarimiz ajdodlar merosi bilan tanishib, tariximiz biz uchun qanchalik qadrli va muhim ekanligi, tarixsiz kelajak bo‘lmasligiga yana bir bor ishonch hosil qilishdi. Ushbu tashrif ularning kelajakka bo‘lgan umidlarini, intilishlari va o‘z maqsadlari yo‘lida katta qadam tashlashlari uchun yo‘l ochdi desak adashmagan bo‘lamiz.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, Amir Temurning bosib o‘tgan yo‘llari, Te muriylar sulolasi va Amir Temurning nodir asari “Temur tuzuklari” haqida talaba larga batafsil ma’lumotlar berildi.
"Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori G. Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati







