Ijarada yashovchi talabalar doim nazoratda
10.04.2025

Joriy yilning 8-aprel sanasida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakultetida ta’lim olayotgan ijarada yashovchi talaba qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Tashrif buyurilganda, talabalarning yashash sharoitlari, turmush tarzi, kimlar bilan yashayotganligi ko‘zdan kechirildi. Ijarada yashovchi talabalarga is gazidan ehtiyot bo‘lish kerakligi, xonalarni ozoda saqlash, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish, ijara shartnomalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.Talabalar bilan dalolatnomalar tuzilib rasmiylashtirildi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti dekan maslahatchisi Z. Beknazarova, fakultet tyutori G. Axmedjanovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati