Talabalarda stress va uni yengish yo‘llari

10.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 10-aprel kuni “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 303-guruhda tahsil olayotgan talaba qizlar bilan birgalikda “Talabalarda stress va uni yengish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatiga Universitet psixologi D.Yusupova va talaba qizlar qatnashdilar. 

  D.Yusupova so‘zga chiqib, Stress va uning sabablari to‘g‘risida quyidagicha ma’lumot berib o‘tdilar. Stress — bu har bir inson hayotida uchraydigan, jismoniy va psixologik javob hisoblanishi, talabalar uchun stress, ayniqsa, ta’lim jarayonidagi turli tadbirlar, imtihonlar, yoki shaxsiy hayotdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holatlarda keng tarqalganligi va stressni o‘z vaqtida va to‘g‘ri boshqarish, talabalarning psixoemotsional holatini yaxshilash va akademik samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. 

  Talabalarda stressning bir nechta asosiy sabablari bo‘lishi mumkin. Masalan  bu sabablar ta’lim jarayoniga, ijtimoiy muhitga va shaxsiy holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Stressni yengish yo‘llari:

  • - Tabiat manzaralarida, toza havoda sayr qilish
  • - Yaxshi ko‘rgan mashg‘ulot Xobbi bilan shug‘ullanish Vaziyatni qabul qilish, kechirimli bo‘lish
  • - ijobiy fikrlash
  • - Do‘stlar davrasida mazmunli suhbatlashish Stressni yengishga yordam beradi.

YRK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati