Ilm insoniyatning mohiyatini belgilovchi eng muhim omil

10.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk siymolarning hayoti va ijodiy faoliyati haqida bevosita manbalar orqali bilim berish; Turkmanistonlik talabalar bilan o‘zaro do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash; Talabalarda O‘zbekiston tarixiy merosiga nisbatan qiziqish uyg‘otish va ularni qadrlashga undash maqsadida 2025-yil 9-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori D.Xudoynazarova boshchiligida "Ekologiya va huquq" fakulteti 1-kurs Turkmanistonlik talaba yoshlar bilan adiblar bog‘iga tashrif uyushtirildi. Tadbirda Turkmanistonlik talabalarga O‘zbek atoqli shoirlari Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Boburlarning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berildi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlar ilm-fan, bilim va ma’rifatga katta e’tibor bergan buyuk allomalardan bo‘lishib, ular shoir va davlat arboblari bo‘lganlar. Ularning asarlarida ilm olish, donishmandlik va ma’naviy kamolot haqida chuqur mazmunli fikrlar mavjud ekani tadbir davomida ta’kidlab o‘tildi. Yig‘ ilish davomida talabalarga bog‘dagi yodgorliklar, haykallar, memorial yozuvlar haqida izohlar berib o‘tildi va talabalarni qiziqtirgan  savollarni berishlari va fikr almashishlari uchun sharoit yaratildi. Adiblar bog‘iga qilingan tashrif  barcha talabalar uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ldi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori D.Xudoynazarova axboroti

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati