Sohibqiron - adolat timsoli

10.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur – adolat va qudrat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda "TIQXMMI" MTU “Gumanitar fanlar” kafedrasi professori Sh.M. O‘ljaeva “Sohibqiron Amir Temur – adolat va qudrat timsoli” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolatparvarlik tamoyillari, harbiy-siyosiy strategiyasi, shuningdek, uning ma’naviy merosi va bugungi kun bilan bog‘liq dolzarb jihatlar haqida ilmiy va tahliliy mulohazalar bildirildi.

Universitet matbuot xizmati