9-10 aprel kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 90 yillik yubiley va Xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Nobel mukofoti laureati, taniqli ekolog va tabiat resurslari bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri, professor Henricus Balthasar Joseph Leemans yetib keldi.

08.04.2025

#Rektordan

  Uchrashuv davomida global ekologik muammolar, atrof-muhit va tabiiy resurslar boshqaruvi hamda yer va suv resurslarida kuzatilayotgan asosiy tendensiyalar muhokama qilindi. Professor Henricus Balthasar Joseph Leemans har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘zining ilmiy yondashuvlari va tajribasiga tayangan holda batafsil tahlillarni taqdim etdi. U global iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, yer degradatsiyasi va biologik xilma-xillikning kamayishi kabi dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy tavsiyalarini bildirdi. 

  Shuningdek, professor Henricus Balthasar Joseph Leemans “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti olimlarining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi o‘rni va so‘nggi yillardagi yutuqlarini alohida e’tirof etdi. Universitetning ekologiya va tabiat resurslari sohasidagi tadqiqotlari xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani va bu borada o‘sish tendensiyasi kuzatilayotgani ijobiy baholandi. 

  Eslab o‘tamiz tadbir dasturlari doirasida ushbu Nobel mukofoti laureati Henricus Balthasar Joseph Leemans bilan iqtidorli yoshlar, universitet xodimlari bilan uchrashuv bo‘lishi ko‘zda tutilgan.