Hamkorlik tadbiri

08.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 7-aprel kuni 4-sonli talabalar turar joyida "Yer resurslari va kadastr"5 fakultetining talaba qizlari hamda Toshkent davlat transport universiteti talabalari bilan birgalikda Kitobxonlik bo‘yicha hamkorlik tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirga Toshkent davlar transport universitetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.Mamurova, katta o‘qituvchi-N.Xodjaeva va talaba qizlari tashrif buyurishdi. N.Xodjaeva so‘zga chiqib M.Shayxzodaning faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

  Hamkorlik-tadbiri insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarning muhim qismi bo‘lib, u ta’lim, madaniyat va ijtimoiy rivojlanishning mustahkam asosi hisoblanadi. Bu jarayonda, o‘z xulq-atvorimiz, intilishlarimiz va umumiy maqsadlarimiz orqali o‘zaro hamjihatlikni rivojlantiramiz. Ayniqsa, kitobxonlik va o‘qish madaniyati bu jarayonda muhim o‘rin tutadi. Kitobxonlik insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularning fikrlash tizimini kengaytirib, ijtimoiy ma’rifiy hayotni boyitadi.

  Talaba qizlarimiz ushbu tadbirda faol ishtirok etdilar. Ular shoir Maqsud Shayxzodaning asarlaridan namunalar keltirib o‘tdilar.

  Kitobxonlik – bu faqatgina o‘qish emas, balki ma’naviy va intellektual rivojlanishni ta’minlovchi jarayondir. 

YRK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati