"Oʻrtoqlik turniri“ yakuniga yetdi

07.04.2025

#Sport #Yangilik

Mana, bir necha kun mobaynida sakkizta OTMning terma jamoalari oʻrtasida davom etgan musobaqa yakuniga yetdi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot  universitetining 90 yilligiga bagʻishlab, Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalari  terma jamoalari oʻrtasida  oʻtkazilgan “oʻrtoqlik turniri” sportning ikkita turi boʻyicha voleybol va minifutbol oʻyinlari shiddatli, qizgʻin va keskin tarzda kechdi.

Oldin eslatib oʻtganimizdek, ”Sogʻlom inson-sogʻlom millat“ shiori ostida tashkil etilgan ushbu  turnirda  Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat Agrar universiteti, Toshkent ijtimoiy innovatsiyalar universiteti, Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti jamoalari bilan birga bizning universitet jamoasi qatnashdi.

Rektorimiz Bahodir Mirzayev tomonidan qoʻyilgan sovrinlar oʻz egalarini  topdi. Gʼoliblarga tegishli sovrin va pul mukofotlarini rektorning o‘z topshirdi.

Mini-futbol boʻyicha 1-oʻrin OʻzMUning terma jamoasiga nasib etdi va Diplom, medal, 7 million soʻm egasi boʻldi.

2-oʻrinni esa TDAU terma jamoasi ishgʻol etdi va oʻzlariga tegishli Diplom, medal, 5 million soʻm pul miqdoridagi pulni qabul qilib olishdi.

3-oʻrinni esa universitetimiz jamoasi egalladi. Diplom, medal, 3 million soʻmning egasi boʻldi. Tabiiyki,  ”Irrigator" terma jamoasi mezbon sifatida mehmon jamoalarga imkon yaratdi.

Voleybol boʻyicha 1-oʻrinni TDIU   terma jamoasi egalladi. Diplom, medal va 7 mln. soʻm pulni qoʻlga kiritdi.

2 - oʻrinni OʻzMU   terma jamoasi zabt etib 5 mln soʻm va diplom, medal egasi boʻldi.

Bu gal ham jamoamiz 3-oʻrin egasi boʻldi. Diplom, medal, 3 mln. soʻmni qabul qilib oldi.

Xullas, ushbu musobaqa doʻstlik va ahillikning tantanasi boʻlib jarang sochdi.

 

“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi dotsenti M.Norqobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati