Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari

07.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2024-yil 18-mart kuni Turkmaniston davlat arxitektura-qurilish institutida “Materiallar qarshiligi” fanidan o‘tkazilgan IV-Ochiq Xalqaro fan olimpiadasida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Mexanika va matematik modellashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Maxmaraimova Gulshoda va 4-bosqich talabasi Ilyasova Sapargul Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Malayziya, Pokiston, Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarusiya, Rossiya Federatsiyasi, Ruminiya va boshqa davlatlardan ishtirok etgan 455 ta talabalar ichida faol ishtirok etib faxrli III-darajali Diplom bilan taqdirlandi. 

  G‘olib bo‘lgan talabalarimizga Turkmaniston davlat arxitektura-qurilish instituti rektori B.Mammedov tomonidan III-darajali Diplom taqdim etildi.

"Mexanika va kompyuterli modellashtirish" kafedrasi dotsenti E.Toshmatov axboroti

Universitet matbuot xizmati