Turonbankning ishlab chiqarish XV seminari

07.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-auditoriyasida “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan “TURONBANK” ATB stipendiat talabalari va professor o‘qituvchilari uchun 05.04.2025 yilda “TURONBANK” ATB Monitoring va nazorat qilish departament direktor Utanov Uygun Norqobilovich bilan “Bank faoliyatida kredit axboroti almashinuvining ahamiyati” («Turonbank» АTB Misolida) mavzusida 2024-2025 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan XIX-seminar tashkil qilindi.

  Uyg‘un Norqobilovich tomonidan Kredit axboroti, kredit axboroti almashinuvini tashkil qiluvchilar, kredit tarixi, kredit byurolari faoliyati, kredit tarixi hisoboti bo‘yicha ma’lumotlar berdi. 

  Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari U.Xoliyorov ma’lumoti

 Universitet matbuot xizmati