Sumalak sayli

04.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 3-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”- Milliy tadqiqot universitetida Navro‘z bayrami munosabati bilan Sumalak sayli bo‘lib o‘tmoqda.

  Gidrotexnika qurilish fakulteti Talabalar turar joyi hovlisida o‘rnatilgan qozonga sumalak uchun undirilgan bug‘doydan tayyorlangan masalliqlar solinish jarayonida Fakultet dekani muovini PhD dotsent A.Azimov, "Mexanika va kompyuterli modellashtirish" kafedrasi mudiri, akademik M.M.Mirsaidov , “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, PhD dotsent J. Qosimov , “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar”kafedrasi professori R. Ergashev ishtirok etdilar. 

  Sumalak masallig‘ini qozonga solish o‘ta mas’uliyatli jarayon bo‘lib, katta mahorat talab qiladi. Uzoq tarixga ega bo‘lgan sumalakni pishirishda oshpazlar katta tajribaga ega bo‘lishlari uni mazali bo‘lib pishishini ta’minlaydi. Ertaga ertalab mazali sumalakni totib ko‘rish nasib etsin .