Sumalak sayli - do‘stlik tufayli

03.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 

 Navro‘zi ne’matlardan biri sifatida sumalakni jamuljam bo‘lib bo‘lib tayyorlash an’anaviy tus olgan. Shunday ekan universitetimizning talaba-yu magistrantlaridan tortib pedagoglar jamoasigacha sumalak bahona diydorlashib o‘zlarining dil izhorlarini bildirishmoqda. Birdamlik, bardamlik bayramining ramziga aylangan sumalak sayli she’rxonlik zaylida o‘tayapti. 

  Doshqozon atrofidagi o‘yin kulgi va raqslarga nima yetsin. Sumalak tayyor bo‘lgunga qadar hammamiz o‘z san’atimizni, iqtidorimizni namoyish etyapmiz deydi talabalar birgalikda jo‘r bo‘lib, zo‘r bo‘lib.

Universitet matbuot xizmati