Navro‘z sayliga tayyorgarlik boshlandi

03.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


 Ayni damda Navro‘z sayliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Katta doshqozonda an’anaviy tarzda sumalak pishirilib, barchaga ko‘tarinki bahor kayfiyatini ulashmoqda.

  Yurtimizda bahor shabadasi esmoqda.

  Quyoshning iliq taftidan bahra olayotgan zamin, dov-daraxtlar yashil libosini kiymoqda. Mana shunday tarovatli kunlarda universitetda sumalak sayli singari tadbirlar xalqimizning azaliy udumlarini, yurtdoshlarimiz o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Universitet matbuot xizmati