Fasli Navbahor
03.04.2025

2025-yil 28-mart kuni "Ingliz tili" kafedrasi o‘qituvchilari M.Xudoyberganova, U.Parpiyeva, Z.Tuxtabayeva, D.Sattarova hamda O.Yoqubov tashabbusi bilan "Fasli Navbahor" nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir bahorning fayzi, tabiatning uyg‘onishi va bahoriy bayramlarning mohiyatini aks ettirishga qaratildi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan boshlagan o‘qituvchilar, bahorning tabiatdagi ahamiyati, yozuvchi-yu shoirlarni junbishga solgan tarovati haqida gapirishdi. So‘ngra, talabalar tomonidan ingliz tilida bahorga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etildi. Taqdimotlar milliy urf-odatlar va bahoriy bayramlar haqida qiziqarli ma’lumotlarni o‘z ichiga oldi.
Tadbirning badiiy qismida talabalar ingliz tilida bahorni madh etuvchi she’rlar o‘qishdi, bahoriy qo‘shiqlarni kuylashdi va bahorga oid topishmoqlarni tinglovchilar e’tiboriga havola etishdi. Talabalarning mahoratli ijrosi, ularning ingliz tilini nafaqat o‘rganayotgani, balki o‘z his-tuyg‘ularini ham ifoda eta olayotganliklarini namoyon qildi.
Tadbir davomida yaratilgan iliq va samimiy muhit barcha ishtirokchilarga bahoriy kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida tashrif buyurgan mehmonlar o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi va tadbir tashkilotchilariga muvaffaqiyat tilashdi.
"Ingliz tili" kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati



