Fuqaro muhofazasi oyligi tashkil etildi
02.04.2025
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2025-yil 28-fevraldagi 1-son bayoniga asosan joriy yilning 15-martdan 15-aprelgacha mamlakatimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda.
2025-yil 2-aprel kuni Universitetda ham Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Fuqaro instituti” xodimlari ishtirokida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazildi. Bunda, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi









