Talabalar turar joyida talabalar uchun yanada qulay, xavfsiz va samarali yashash muhitini shakllantirish
11.03.2025
Bugun O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va mavjud holatini atroflicha o‘rgandi. 1,2,3,4-yotoqxonalardagi sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi, talabalar uchun yaratilgan maishiy, ta’lim hamda dam olish sharoitlari tahlil qilindi. Shu bilan birga, talabalarning kundalik turmush tarzi, ularning xavfsizligi va tinch-osoyishta muhitda yashashi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yotoqxonalarda faoliyat yuritayotgan tarbiyachi-pedagoglar, qorovullar va yordamchi xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga qay darajada mas’uliyat bilan yondashishlari o‘rganildi. Ularga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish, talabalar bilan ishlash metodlarini yanada takomillashtirish va intizomni mustahkamlash yuzasidan muhokamalar olib borildi. Jumladan, yotoqxonalarda sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishini ta’minlash, talabalarning dam olishi va o‘qishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar berildi. Shuningdek, xavfsizlik choralarini kuchaytirish, qorovullik xizmati faoliyatini takomillashtirish va tarbiyachi-pedagoglar bilan profilaktik ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf etish maqsadida yotoqxona ma’muriyati va mas’ul xodimlarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Ularga belgilangan tavsiyalarni amalga oshirish, yotoqxonada yashayotgan talabalarning fikr va takliflarini inobatga olgan holda, sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi. Bu ishlar talabalar uchun yanada qulay, xavfsiz va samarali yashash muhitini shakllantirishga qaratilgan.